2024 yilda Tesla sotuvlari birinchi marta o'n yillikdan oshiq pasaygan, bu AQSh avtomobil ishlab chiqaruvchisining yillik hisobotidan ma'lum bo'lmoqda.
Oktyabrdan dekabrgacha Tesla 459,4 ming va 495,5 ming elektromobillar ishlab chiqardi va sotdi. Bloomberg ma'lumotlariga ko'ra, ko'rsatkichlar 512 ming avtomobil yetkazib berishni kutgan analitiklarning konsensus prognozidan past bo'ldi.
AQSh kompaniyasining yillik sotuvlari 1,79 million elektromobilni tashkil etdi, bu 2023 yil ko'rsatkichidan (1,81 million birlik) 1,1% pastdir.
Associated Press yozishicha, bu Tesla yillik sotuvlarining 2011 yildan beri birinchi marta pasayishi bo'ldi, o'sha paytda 1,1 mingdan ortiq avtomobil sotilgan edi.
Shu bilan birga, kompaniya Xitoyda sotuvlar bo'yicha rekord yangiladi - 657 mingdan ortiq elektromobil yoki o'tgan yilga nisbatan 8,8% ko'p, shundan dekabrda 83 mingta. Xitoy bozorida kompaniya tomonidan sotilgan avtomobillar 36,7% ni tashkil etdi.
O'z navbatida, yaqinda Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchisi BYD o'tgan yilda 1,76 million elektromobil sotganini e'lon qildi va rekord darajadagi to'rtinchi chorakni ko'rsatdi. 2023 yilda BYD birinchi marta kvartal sotuvlarida Tesla'dan o'zib ketdi, lekin hali yillik ko'rsatkichlar bo'yicha orqada qolmoqda.
Shunga qaramay, Xitoy kompaniyasi sotuvlarda liderlik qilmoqda, agar zaryadlanadigan gibridlarni hisobga olsak. Gibrid va elektromobillarni sotish umumiy hajmi 4,25 million birlikni tashkil etdi, bu Tesla ko'rsatkichlaridan ikki baravar ko'pdir.
Oldinroq Spot, Saidazim G'uljamov UzAuto Motors Powertrain bosh direktori o'rinbosari etib tayinlanganini yozgan edi.