Nurafshonda va Angrenda Xitoy investorlarining ishtirokida bir nechta yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati hokimiyatida ma'lum qilindi.

Nurafshon mahalliy hokimiyati delegatsiyasi Xitoyning Chjejiang viloyatida Extol Global Capital Pte. Ltd kompaniyasi va boshqa investorlar bilan muzokaralar o'tkazdi. Ularning natijalari bo'yicha $106 million qiymatidagi loyihalarni amalga oshirish to'g'risida kelishuvlarga erishildi.

Shunday qilib, shahar markazida $12,5 million qiymatidagi qurilish materiallari klasterini yaratish rejalashtirilmoqda. Yana bir loyiha kosmetika ishlab chiqarish zavodini ochishni nazarda tutadi.

Reklama Spot.uz da

Bundan tashqari, Xitoy kompaniyalari Nurafshon Business City markazida ko'p qavatli turar-joy majmuasini, mehmonxona va restoran qurishni rejalashtirmoqda. Loyihalarni amalga oshirish 2 mingdan ortiq yangi ish o'rinlari yaratish imkonini beradi, deb kutilyapti.

Xitoy investitsiyalari bilan yana bir necha ishlab chiqarish loyihalari Angrenning erkin iqtisodiy zonasida amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Shahar hokimi Alisher Raimov Xunan, Anhui, Shandun va Guandun viloyatlaridan tadbirkorlar bilan uchrashdi.

Mehmonlar Anhui Jinpeng Energy Saving Technology, Infy Power va Xintay kompaniyalari bilan memorandumlar imzoladilar. Mebel, deraza va eshiklar, suv filtrlarini, quyosh fotopaneli va akkumulyator tizimlarini, shuningdek, avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqarishni tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Avvalroq Spot Almalikda Xitoy investitsiyalari bilan $110 millionlik loyihalar rejalashtirilayotganini xabar qilgandi.