Davlat aktivlarini boshqarish agentligi UzChasys kompaniyasidagi ulushni sotish haqida xabar berdi.
Xaridorlarga "Uzavtosanoat"ga tegishli bo'lgan Uzautocomponents orqali 70% ulushni taklif etilmoqda. 30% ni esa kompaniyaning hamkor egasi - koreyscha AMS Co Ltd. sotadi.
Privatizatsiya jarayonida maslahat beruvchi sifatida Portfolio Investments faoliyat yuritmoqda. Birinchi bosqichda nomzodlar qiziqish bildirish uchun ariza topshirishlari kerak (express of interest) va zaruriy ma'lumotlarni, jumladan, 3 yil davomida moliyaviy hisobotni ilova qilishlari lozim.
Arizalar [email protected] elektron pochta manziliga 17 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha qabul qilinadi.
Barcha nomzodlar AQSh, Yevropa Ittifoqi va xalqaro rivojlantirish banklarining sanksiya ro'yxatlarida kompaniya, uning asoschilari yoki bog'liq shaxslarning yo'qligini hisobga olgan holda tanlovdan o'tishadi. Tanlovdan o'tgan ishtirokchilar majburiy takliflar berish uchun taklif qilinadi.
Ikkinchi bosqichda nomzod kamida taklif qilingan narxning 1% ini E-auksion orqali to'lov sifatida kiritishi kerak. Aktiv haqida batafsil ma'lumot olish uchun maxfiylik kelishuvini (NDA) imzolash talab etiladi.
Xaridor sotib olinganidan keyin kamida 10 yil davomida korxonaning faoliyat profilini saqlab qolishi va General Motors bilan litsenziya kelishuvlariga rioya qilishi kerak. Shuningdek, u kamida 2 yil davomida ish o'rinlarini saqlab qolishi talab qilinadi.
Kompaniya haqida
Uz Chasys (UzChasys) kompaniyasi 2008 yilda Namanganda tashkil etilgan bo'lib, avtomobillar uchun elektr yoritish asboblarini ishlab chiqaradi. Kompaniyaning ustav fondi 6,46 million dollarni tashkil etadi.
Oldinroq Uz-Koram va "Avtooyna"da ulushlar sotuvga qo'yilgan bo'lib, hozirda 4 investor ushbu ulushlarga da'vo qilmoqda. Shuningdek, hozirda "Avtokomponent", Auto Climate Control va Auto Rubber kompaniyalaridagi davlat ulushlarini xususiylashtirish jarayoni davom etmoqda.
Oldinroq Spot "AUGA" "Kuva don mahsulotlari" va "Xorazm don mahsulotlari" don ishlab chiqarish korxonalaridagi aksiyalar paketlarini fond bozoriga qo'yishini yozgan edi.