Telegram Malayziya aloqa va multimedia komissiyasidan (MCMC) litsenziya olish uchun ariza berdi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

Malayziyada ishlash uchun litsenziya olish zarur bo'lgan barcha onlayn platformalar 8 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega bo'lishi kerak. MCMC tegishli qoidani tasdiqladi va uning amal qilish tartibi haqida izohlarni 2024 yilning iyul oxirida e'lon qildi.

Malay Mail'ga ko'ra, ushbu qoidalar Telegram, Facebook, Instagram, TikTok, WhatsApp va YouTube'ni qamrab oladi. Litsenziya olish uchun ular Malayziyada vakolatxona ochishlari va ariza topshirishlari lozim.

Litsenziyalash jarayonida asosiy etik talablaridan biri 13 yoshdan kichik bolalarga kirishni cheklash bo'ldi. Shuningdek, talablar ro'yxatiga deepfakelar, onlayn firibgarlik va kiberbullyingga qarshi choralar ko'rish ham kiritilgan.

Reklama Spot.uzda

Litsenziya 1 yil muddatga beriladi, so'ngra uni yangilash talab etiladi. Yangi tartib ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda fuqarolar xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan bo'lib, bolalar va zaif qatlamlarga alohida e'tibor qaratildi, deya ta'kidladi MCMC.

Talab 2025 yil 1 yanvardan kuchga kiradi. Telegramdan tashqari, nashr vaqtida Xitoyning Tencent kompaniyasiga tegishli WeChat messenjeri vakillari ham ariza topshirdi.

MCMC boshqa ijtimoiy tarmoqlarni litsenziya talablarini tezlashtirishga chaqirdi. Malayziya qonunchiligiga ko'ra, internet kompaniyalariga qo'yilgan talablarni buzish 500 ming ringgitgacha ($111,9 ming) jarimaga va litsenziyasiz ishlash davomida har kuni 1 ming ringgit ($223,76) jarimaga olib keladi.

Oldinroq Spot Telegram monetizatsiyadan so'ng birinchi marta foydali bo'lganini yozgan edi.