Qozog‘istonda joriy etilgan yangi dasturni inobatga olgan holda, har bir yangi tug‘ilgan bolaga avtomatik ravishda bank hisob raqami ochiladi. Ushbu hisobga har yili tabiiy resurslardan tashkil etilgan milliy fonddan pul mablag‘lari o'tkaziladi. Ushbu mablag‘lar bola 18 yoshga to'lganida ta'lim olish yoki uy-joy xarid qilish uchun ishlatilishi mumkin.
Hisobni muntazam ravishda har yili 1 yanvarda to‘ldirib boriladi, bola 18 yoshga to‘lguniga qadar. Qiziqarli jihati shundaki, ushbu mablag‘lar soliqqa tortilmaydi va dollar shaklida to‘lanadi.
Bank hisobidagi mablag‘lar bola voyaga yetgach 5–10 yil davomida saqlanadi va agar ular ishlatilmasa, pensiya hisobiga o'tkaziladi. Bundan tashqari, bu pullarni meros sifatida o'tkazish imkoniyati ham mavjud.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga moliyaviy yordam ko‘rsatishni maqsad qilgan ushbu dastur Qozog‘istonda ijtimoiy himoya va oilalarga yordam berishning yangi bosqichidir. Bunday dastur boshlashni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev 2022 yil sentabrida taklif qilgan, u “har bir oila mamlakatning milliy boyliklaridan haqiqiy foyda olishi kerak” deb ta’kidlagan.