Bu yer Ibn Sino, Mirzo Ulughbek, Termiziy va Imom Buxoriy kabi buyuk shaxslarni yetishtirdi. Mening fikrimcha, mamlakat rahbarining tashabbusi bilan Islom tsivilizatsiyasi markazini yaratish qarori to'g'ri. O'zbekiston — boy tarixi bo'lgan mamlakat. Bu yer dunyoga ko'plab olimlar, diniy mutaxassislar va buyuk kashfiyotlarni ulashdi. Shu maqsadda bugun biz butun dunyodan olimlar bilan yig'ildik. Markazning kelgusi faoliyati uchun juda chiroyli va muhim tadbir o'tkazilmoqda.
Mening fikrimcha, kelajakda markaz ilmiy-tadqiqot markaziga aylanishi va o'z salohiyati bilan butun dunyodan olimlar, tadqiqotchilar va sayyohlarni jalb etishi mumkin. Markaz tashkil etilganidan beri biz birgalikda ishlamoqdamiz. Biz sizning mamlakatingizga tegishli ko'plab qo'lyozma asarlarning faktimilyon nusxalarini yaratdik.
Bizning niyatimiz — kelajakda yanada katta loyihalarni amalga oshirishdir. Inshallah.