Siyosiy iroda bo'lmasa, madaniy merosni o'rganish va ommalashtirish qiyin. Bu borada Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan madaniy merosga ko'rsatilgan e'tibor va qo'llab-quvvatlash boshqa davlatlar uchun namuna bo'lishi mumkin. Men birinchi marta sizning mamlakatingizni 2008 yilda ziyorat qilganman. O'sha vaqt bilan solishtirganda, O'zbekiston dunyoga ochildi. Butun dunyodan olimlar yig'ilib, Islom tsivilizatsiyasi markazining kontentini boyitish bo'yicha takliflarini bildiradilar. Bizning Pamukkale universitetimiz va Imam Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi o'rtasida imzolangan kelishuv asosida yaqin hamkorlik o'rnatdik. Turkiyada Imam Buxoriyning 1500 dan ortiq asarlari saqlanmoqda. Biz Imam Buxoriy asarlarini ro'yxatga olish va 597 hijriy yilda (milodiy 850 yil) yozilgan «Sahih al-Buxoriy» asarining nusxasini Samarqanddagi markaz bilan birgalikda nashr etishni rejalashtirmoqdamiz.