yurtimiz.com

Sultan Raev: "Mamlakat rahbarining olib borayotgan konstruktiv va pragmatik tashqi siyosati O‘zbekistonning Markaziy Osiyo va turk dunyosidagi tarixiy pozitsiyasini tiklashda muhim ahamiyatga ega."

Султан Раев: "Прагматичная внешняя политика, осуществляемая лидером, важна для восстановления исторической роли Узбекистана в Центральной Азии и тюркском мире."

Men yana quyoshli O'zbekistonda bo'lishimdan cheksiz xursandman. Har safar sizning mamlakatingizga kelganimda, men insonlarning yuzlaridan taralayotgan o'sha sevgi va iliqlikni, shaharlaringizning o'ziga xos yangiligini his qilaman, bu yangilik bugun ham qalbimni yorug'lik bilan to'ldirmoqda. Albatta, bu yoqimli iliqlik, odamlarning qoniqish bilan to'la yuzlari, ularning ko'tarinki kayfiyati – bularning barchasi ularning hayotdan mamnunligini, mamlakatingizda sodir bo'layotgan ijobiy o'zgarishlarning natijasidir.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning, Yangi O'zbekiston me'mori sifatida, mamlakatni uzoqni ko'zlaydigan islohotlar bilan yangilashga qaratilgan harakatlari — uning tashqi va ichki ko'rinishini yangilash, jahonda yangi imidj yaratish, xalqni asrlar davomida orzu qilgan maqsadlariga yetkazish, shuningdek, milliy qadriyatlarga asoslangan demokratik islohotlar, nafaqat o'zbeklar hayotini, balki ularning ongini va fikrlash tarzini ham o'zgartirmoqda. Bu mutlaqo haqiqatdir.

Davlat rahbari tomonidan olib borilayotgan konstruktiv va pragmatik tashqi siyosat, O'zbekistonning Markaziy Osiyoda va turk dunyosidagi tarixiy pozitsiyasini tiklash va mustahkamlashda muhim rol o'ynaydi.

O'zbekiston Turk davlatlari tashkilotining to'la huquqli a'zosiga aylangandan so'ng, TURKSOY faoliyati doirasidagi hamkorlik, boshqa sohalarda bo'lgani kabi, yangi darajaga ko'tarildi.