Boston Consulting Group mutaxassislari Strategik islohotlar agentligi bilan O'zbekiston energiya sohasini rivojlantirish bo'yicha master-plan ustida ishlashni muhokama qildilar, deb xabar berdi agentlikning matbuot xizmati.
Master-plan energiya resurslariga talabni, ularning ishlab chiqarish va iste'mol hajmini 2035 yilgacha tahlil qilishni nazarda tutadi. Loyihaga elektr energiyasi va tabiiy gazga ehtiyoj prognozi, energiya ishlab chiqarish quvvatlarini taqsimlash va "yashil" energiyani rivojlantirish kiradi.
ASR o'rinbosari Abdulla Abduqodirov ishlab chiqilishi kerak bo'lgan jihatlarni ajratib ko'rsatdi. Ulardan biri tabiiy gazga bo'lgan ehtiyojdir — ayniqsa, metan va propan asosiy daromad manbai sifatida ishlatadigan mustaqil ishbilarmonlar uchun.
Kichik va o'rta biznesni arzon, iqtisodiy jihatdan foydali energiya resurslari bilan ta'minlash zarurligi ta'kidlandi. Shuningdek, tomonlar energiya samaradorligini oshirish masalasini ustuvor deb belgiladilar.
Birinchidan, energiya samaradorligi bo'yicha yechimlarga o'tish katta iste'molchilar uchun rag'batlantiriladi, bu energiya tizimidagi yukni kamaytirish va ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirishga yordam beradi. Shuningdek, bu yechimlar ishlab chiqarish sohalarida joriy etilishi rejalashtirilgan, bu esa raqobatbardoshlikni oshirishga yordam beradi.
Bundan tashqari, tomonlar ko'mir hisobiga energiya ishlab chiqarishni oshirishdan qochish zarurligini ta'kidladilar. TЕЦlarni qo'llab-quvvatlovchi generatorlar sifatida ishlatish uchun gaz quvvatlarini qayta taqsimlash mexanizmlarini ko'rib chiqish taklif etildi.
Uchrashuv ishtirokchilari xususiy sektorni aholini suyultirilgan gaz bilan ta'minlashga jalb qilish masalasini ko'rib chiqdilar. Bu taqsimotni yanada samarali va barqaror qilishga yordam beradi, deb kutilyapti. Shuningdek, ijtimoiy muassasalarni gaz bilan ta'minlash masalasi ham muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlari bo'yicha BCG mutaxassislari AСR bilan O'zbekistonning takliflari va tavsiyalarini hisobga olgan holda master-planni takomillashtirishga kelishib oldilar.
Oldinroq Spot bir kun ichida propan narxining birja bozorida deyarli 10% ga oshgani haqida xabar bergan edi.