yurtimiz.com

Eron O'zbekiston qishloq xo'jaligi uchun agrar dronlar partiyasini yetkazib beradi.

Иран отправит партию аграрных дронов для нужд сельского хозяйства Узбекистана.

Eron kompaniyasi bilan kelishuvni mamlakatimizning Qishloq xo'jaligi vazirligi delegatsiyasi Eron ziyorati davomida imzoladi.

Eron va O'zbekiston o'rtasida qishloq xo'jaligi hamkorligini mustahkamlash maqsadida yana ikki kelishuv imzolandi.

Ulardan birinchisi – Eron Qishloq xo'jalik texnikasi ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi (ATMAK) bilan qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash va texnologik hamkorlikni kengaytirish bo'yicha memorandum. Ikkinchisi – Bazargan Kala Co. kompaniyasi va Milliy markaz (AKIS) bilan Nutritech brendi ostida O'zbekistonda 40 turdagi o'g'itlar va pestitsidlarni sinovdan o'tkazish va bosqichma-bosqich lokalizatsiya qilish bo'yicha shartnoma.

Eslatib o'tamiz, Toshkent viloyatida Malayziyaning Meraque kompaniyasi yordamida dronlar va qishloq xo'jaligi uchun "aqlli" texnikalar ishlab chiqarilishi lokalizatsiya qilinmoqda.

Eng tezkor yangiliklar uchun Telegramda qo'shiling.