Bitim imzolash jarayoni 2025-yil 14-15-yanvar kunlari Vena shahrida bo'lib o'tayotgan Xalqaro iqtisodiy forum Euromoney doirasida amalga oshirildi. Strategik hamkorlik eksport-import operatsiyalarini qo'llab-quvvatlash va mamlakatlar o'rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan. Bitim doirasida xalqaro savdo loyihalarini amalga oshirish va ikkala mamlakat biznesini rivojlantirish uchun kredit resurslari taqdim etilishi ko'zda tutilgan.
«Bitim imzolanishi xalqaro moliya institutlarining bizning bankimizga bo'lgan yuqori ishonch darajasini ko'rsatadi. Helaba bilan hamkorlik bizning mijozlarimizning tashqi iqtisodiy faoliyatida yangi ufqlarni ochadi va xalqaro savdoning rivojlanishiga muhim hissa qo'shadi», — deydi Sardor Ismailov, “Kapitalbank” boshqaruvi raisining birinchi o'rinbosari.
Helaba bilan imzolangan bitim “Kapitalbank”ning jahon moliya bozoridagi barqaror pozitsiyalarini aks ettiradi. Banklar o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash xalqaro hamkorlik doirasida savdo aloqalarini kengaytirish va iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish yo'lida muhim bosqichdir.
Helaba haqida
Helaba (Landesbank Hessen-Thüringen GZ) — bu jamoat huquqi asosida tashkil etilgan, Hessen, Turingiya, Shimoliy Reyn-Vestfaliya va Brandenburg federal yerlari bo'yicha mintaqaviy ixtisoslashuvga ega bo'lgan universal nemis bankidir. 2023-yil 31-dekabr holatiga ko'ra, Helaba konsolidatsiyalangan aktivlarining umumiy hajmi 202,1 milliard evroni tashkil etdi.
Reklama huquqlari asosida.