Kutilyotgan transfer summasi 20 dan 40 million evro orasida bo'lishi mumkin.
Shu bilan birga, Foot Mercato nashrining ma'lumotlariga ko'ra, 20 yoshli Xusanov 10 dan ortiq klubning e'tiborini jalb qilgan, ulardan biri Madridning «Real» klubi.
«Manchester City»dan tashqari, futbolchiga «Chelsi», «Atletiko Madrid», «Nyukasl Yunayted», «Tottenxem Xotspur» va «PSJ» kabi klublar ham qiziqish bildirmoqda.
Abdukodir Xusanov o'z faoliyatini «Bunyodkor»da boshlagan, keyin Belarusning «Energetik-BGU» klubida o'ynagan va 2023 yil yozida 100 ming evro evaziga «Lans»ga o'tgan. O'shandan beri u fransuz klubining asosiy himoyachisiga aylangan va yevropaning yetakchi jamoalarining e'tiborini jalb qilgan.