yurtimiz.com

Prezident Shavkat Mirziyoyev BAAga jo'nadi.

Президент Шавкат Мирзиёев выехал в Объединенные Арабские Эмираты.

Emirliklar poytaxti Abu-Dabida yuqori darajadagi muzokaralar va BAAning yetakchi tashkilotlari, kompaniyalari va banklari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o’tkaziladi.

O’zbekiston Prezidenti xalqaro “Abu-Dabi Barqaror Rivojlanish Haftasi” sammitida ishtirok etadi.

Davlat rahbari tashrif doirasida Dubay shahriga borib, Dubay Amirligi, Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti va Bosh vaziri Shayx Muhammad Al Maktum bilan uchrashadi.

Avvalroq Prezident matbuot xizmati tashrif rejalashtirilganligini ma'lum qilgan edi 13-16 yanvar kunlari.