Navbatdagi plenar yig'ilishda Senatda "Oziq-ovqat xavfsizligi to'g'risida"gi qonun muhokama qilindi.
Ushbu qonunning maqsadi oziq-ovqat xavfsizligi sohasida munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Qonun normalari aholi uchun oziq-ovqat mahsulotlari, oziq-ovqat qiymatiga ega bo'lgan mahsulotlar bilan xavfsiz ta'minot, samarali bozor mexanizmlarini shakllantirish va oziq-ovqat mahsulotlari hamda xom ashyo ishlab chiqarishni o'z ichiga oladi.
Qonunda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari belgilangan.
Xususan, ulardan biri oziq-ovqat mahsulotlari va xom ashyolarining aylanish rezervini, oziq-ovqat mahsulotlarining minimal iste'mol normasi asosida shakllantirish, aholini ijtimoiy ahamiyatga ega asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan to'g'ri va uzluksiz ta'minlash imkoniyatlarini kengaytirishdir.
Bundan tashqari, davlat sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normativlariga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni rag'batlantiradi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni faollashtirish, shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega asosiy oziq-ovqat mahsulotlari eksporti va importi o'rtasida to'g'ri muvozanatni saqlash ham oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi davlat siyosatining yo'nalishlaridan biridir.
Qishloq xo'jaligi vazirligi oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash sohasida vakolatli davlat organi sifatida belgilangan.
Unga oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, oziq-ovqat xavfsizligi sohasida davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish, oziq-ovqat mahsulotlari va xom ashyo ishlab chiqarish bilan bog'liq faoliyatni qo'llab-quvvatlash bo'yicha takliflar tayyorlash, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish va rivojlantirish uchun qisqa muddatli, o'rta muddatli va uzoq muddatli strategiyalarni ishlab chiqish kabi bir qator vakolatlar beriladi.
Qonun shuningdek, davlat tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari yetishmasligining oldini olish, oziq-ovqat balansini shakllantirish, oziq-ovqat xavfsizligi sohasida iste'molchilarning huquq va majburiyatlarini belgilovchi choralarni o'z ichiga oladi.
Ushbu qonun oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normalarni yagona hujjatga birlashtirish va tizimlashtirish, shuningdek, ushbu sohadagi munosabatlarni kompleks huquqiy tartibga solish uchun xizmat qiladi.
Muhojaza tugagach, qonun ma'qullandi senatorlar tomonidan.