O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi portlash xavfli muhitlarda ishlash uchun jihozlar xavfsizligi bo‘yicha texnik reglamentni tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Ushbu reglament portlash xavfli muhitlarda ishlash uchun jihozlarga qo‘yilgan talablar, belgilash, identifikatsiya va moslikni baholash tartibini, shuningdek, uni joriy etish sxemasini nazarda tutadi.
Ushbu reglament O‘zbekistonda portlash xavfli muhitlarda inson hayoti va salomatligini, mulkni, atrof-muhitni himoya qilish, shuningdek, iste'molchilarni chalg‘ituvchi harakatlardan ogoh qilish maqsadida qo‘llaniladigan yagona majburiy talablarni belgilaydi. Talablar portlash xavfli muhitlarda ishlatiladigan jihozlar ro‘yxatiga tatbiq etiladi, ularning mosligi majburiy baholashga tortiladi.
Texnik reglament quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
Portlash xavfli muhitlarda ishlatiladigan jihozlar ekspluatatsiya qoidalari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadroviy xavfsizlik qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda o‘rnatiladi.