yurtimiz.com

O‘zbekiston Mastercard sayohat innovatsiyalari markaziga qo'shildi.

Узбекистан стал членом Центра туристических инноваций Mastercard.

O'zbekiston Mastercard Sayohat Innovatsiyalari Markaziga qo'shildi

25-chi BMT Sayohat Tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasi doirasida Samarqandda O'zbekiston Respublikasi Ekologiya, tabiatni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi rahbariyati va global to'lov tizimi Mastercard o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Vazirlikning Mastercard Sayohat Innovatsiyalari Markaziga qo'shilishini nazarda tutuvchi o'zaro tushunish memorandumi O'zbekiston Respublikasi Ekologiya, tabiatni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov va davlat sektori bo'yicha global rahbar, Mastercard strategik rivojlanish bo'yicha ijrochi vitse-prezidenti Nikola Villa tomonidan imzolandi.

«Vazirlik Mastercard kompaniyasi bilan hamkorlikni iliq kutib oladi. Bu bizga ichki va xorijiy mehmonlar uchun to'lov infratuzilmasini va xizmat ko'rsatish tajribasini yaxshilash, xarajatlar va sayohatchilar oqimlari bo'yicha tahlil qilish, O'zbekistonni Mastercard kartalari egalari uchun 200 dan ortiq mamlakat va mintaqalarda sayohat maqsadi sifatida ilgari surishga keng imkoniyatlar ochadi», - dedi Aziz Abduhakimov.

Shuningdek, Uzbeksitan bilan uzoq muddatli hamkorlik istiqbollari haqida Nikola Villa ham so'z yuritdi.

«Biz O'zbekiston bilan turizm sanoatini rivojlantirish bo'yicha uzoq muddatli hamkorlikni boshlayotganimizni mamnuniyat bilan e'lon qilamiz. O'zbekiston juda boy merosga, ajablanarli madaniyatga va ta'sirchan diqqatga sazovor joylarga ega. Bu go'zal mamlakatning katta potensiali bor va biz o'zimizning texnologik platformamiz, ilg'or to'lov yechimlarimiz, butun dunyo bo'ylab ko'plab loyihalarni amalga oshirish tajribamiz, ma'lumotlarni tahlil qilish sohasidagi malakalarimiz va boshqalar yordamida uning rivojlanishiga hissa qo'shish imkoniyatidan faxrlanamiz», - deya baham ko'rdi Nikola Villa.

Memorandum sayohatchilar va kichik biznes uchun xavfsiz, ishonchli va qulay to'lov infratuzilmasini rivojlantirish, tendentsiyalarni kuzatish va O'zbekistonni sayohat manzili sifatida ilgari surish strategiyalarini ishlab chiqish uchun analitik ma'lumotlarni taqdim etish, birgalikda tadqiqotlar o'tkazish va global eng yaxshi tajribalarni almashishni qo'llab-quvvatlaydi.

Ma'lumot uchun, Mastercard — yetakchi global to'lov va texnologiya kompaniyasi bo'lib, hozirgi kunda 60 dan ortiq mamlakatda iqtisodiy o'sishni raqamli to'lovlar orqali rag'batlantirishga qaratilgan 1600 dan ortiq davlat loyihalarini amalga oshirmoqda.