Qonunchilikda elektron shartnomalarni tuzish tartibi belgilangan. Tegishli qaror 2024 yil 27 dekabrda Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilindi.

Hujjatda 2019 yil dekabrda qabul qilingan Yagona milliy mehnat tizimi (YMMT) to'g'risidagi nizomga o'zgartirishlar kiritiladi. Unga ko'ra, elektron mehnat shartnomalari bevosita YMMTda tuziladi.

Elektron shartnoma ish beruvchi va xodim tomonidan shaxsiy kabinetlar orqali elektron raqamli imzo yordamida imzolanishi kerak. Qo'shimcha kelishuvlar ham ERI bilan tasdiqlanishi zarur.

Hamma ish beruvchilar elektron mehnat shartnomalarini YMMT platformasi orqali tuzishlari va unda qog'oz shartnomalarni ro'yxatdan o'tkazishlari majbur. Maxfiy ish joyi ro'yxatiga ega tashkilotlar va davlat xavfsizligi sohasidagi ish beruvchilar uchun istisno mavjud.

Reklama Spot.uz saytida

2020 yil boshidan hukumat elektron tizimda mehnat shartnomalarini majburiy onlayn ro'yxatga olishni joriy etdi. Shuningdek, o'sha paytda xodimlar uchun ochiq kirish imkoniyatiga ega elektron mehnat daftarchalari joriy etildi va o'tgan ish joylari haqida ma'lumot qo'shish imkoniyati berildi.

Avvalroq Spot, nogironligi bor ishlovchilar uchun ijtimoiy soliq 1% ga kamaytirilishi haqida yozgan edi.