“Vatanparvar” tashkiloti Germaniyada yuk avtomobil haydovchilarini tayyorlaydi, deb xabar berdi Migratsiya agentligi.
Ikki idoraning vakillari o‘tgan hafta nemis kompaniyasi SBH West GmbH bilan hamkorlik bo‘yicha uch tomonlama memorandum imzoladilar. Agentlikda ta'kidlanishicha, bu ikki mamlakat o‘rtasidagi bunday turdagi birinchi hujjatdir.
Memorandum 700 nafar O‘zbekiston fuqarosini avtobus va yuk mashinasi haydovchisi, shuningdek, lokomotiv mashinisti mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qitishni ko‘zda tutadi. Ular uchun “Vatanparvar” asosida nemis tili va kasbiy qayta tayyorlash kurslari tashkil etiladi.
Kurslarni tamomlagan tinglovchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Germaniyaga ishga yuboriladi. Taklif etilayotgan oylik maosh €2400−2600 bo‘ladi.
SBH West rahbari Piter Nimanning aytishicha, Germaniyada hozirda 80 ming transport operatoriga ehtiyoj bor. Ish beruvchilar o‘zbekistonliklarning til va kasbiy tayyorgarlikdan o‘tishga tayyorligini e'tiborga olishdi.
Hozirda birinchi tinglovchilar guruhi nemis tili bo‘yicha onlayn darslarga kirishdi. Yaqin kunlarda qo‘shimcha guruhlar ochish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston va Germaniya 2024 yil sentabrda mehnat migratsiyasini kengaytirish to‘g‘risida kelishib oldilar. Germaniya klinikalarida ishlash uchun o‘zbek yordamchi tibbiy xodimlarini, shuningdek, Deutsche Bahn guruhida temir yo‘l, metro va avtobus qatnovi uchun mutaxassislarga jalb qilish rejalashtirilmoqda.
Bundan oldin Spot Germaniya o‘zbekistonlik talabalarni Work and Travel dasturi bo‘yicha ishga taklif qilayotganini yozgan edi.