Niderlandiyaning «AZ Alkmar» Londondagi «Tottenham»ni qabul qiladi, shu bilan birga «Real Sosiadad» «Manchester Yunayted» bilan uchrashadi. Chexiyaning «Viktoriya Plzen» italiyalik «Latsio»ni o'tib ketishga harakat qiladi, Rimning «Roma»si esa Bilbao shahridagi «Atletik» bilan chorak finalga chiqish uchun kurashadi.
Yevropa Ligasi 1/8 finalining birinchi o'yinlari 6 martda bo'lib o'tadi, javob o'yinlari 13 martga belgilangan. Turnirning final uchrashuvi 21 mayda Ispaniyaning Bilbao shahrida o'tkaziladi.