Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida avtomobillarda gazballonli uskunalarni (GBU) o'rnatish uchun ruxsatnomalar berish funksiyasi ishga tushdi. Bu haqda portalning matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xizmat "Transport" bo'limida mavjud bo'lib, ichki ishlar vazirligining Yo'l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan taqdim etiladi. Hozirda onlayn ruxsatnomani olish faqat jismoniy shaxslar uchun mumkin.

Xizmatdan foydalanish uchun ariza to'ldirilishi va zarurat tug'ilganda yangi avtomobil xaridi bo'yicha hisob-faktura ilova qilinishi kerak. Ruxsatnoma berish yoki rad etish to'g'risidagi qaror ariza berilganidan so'ng 10 ish kuni ichida qabul qilinadi.

Ariza ko'rib chiqish uchun to'lov 30% BRV yoki 112 500 so'mni tashkil etadi.

2022 yil fevralida Vazirlar Mahkamasi elektron tizimlar orqali avtomobillarni qayta jihozlash uchun ruxsatnomalar berish tartibini tasdiqladi. Bir vaqtning o'zida ikki turdagi gazballonli uskunalarni (siqilgan va suyuqlashtirilgan tabiiy gaz uchun) o'rnatishga yo'l qo'yilmaydi.

Oldinroq Spot, YPIGUda temir yo'l harakat vositalari va infratuzilma ob'ektlarini ro'yxatga olish imkoniyati paydo bo'lganini yozgan edi.