2024 yilda O'zbekistonda palovning o'rtacha narxi 15,6% o'sib, bir porsiya uchun 29 ming so'm belgisiga yaqinlashdi, deb xabar bermoqda Statistika agentligi.
Regional kesimda lider Andijon viloyati bo'lib, bu yerda palovning narxi o'tgan yildan deyarli 29% oshdi — 24 200 dan 31 200 so'mgacha.
Shuningdek, o'sish bo'yicha uchlikka Farg'ona viloyati (+23,7%) va Toshkent (+20,2%) kirdi. Poytaxtda palov boshqa mintaqalarga nisbatan qimmatroq bo'ladi — bir porsiya 35 ming so'm.
O'sish sur'atlari Xorazm (+19,8%) va Buxoro viloyatlarida (+19,5%) biroz pastroq bo'ldi. Jizzax, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida palov narxlarining o'sishi respublika bo'yicha o'rtacha darajada qayd etildi.
Boshqa viloyatlarda palovning narxi o'sish sur'atlari O'zbekistondagi o'rtacha ko'rsatkichlardan pastroq bo'ldi. Eng past o'sish Sirdaryo viloyatida kuzatildi — 25 200 dan 25 700 so'mgacha (+2%). Eng arzon porsiya Qoraqalpog'iston viloyatida bo'ladi — 23 400 so'm yoki o'tgan yilgiga nisbatan 9,8% qimmatroq.
Statistika agentligi ma'lumotlariga ko'ra, 2024 yilda O'zbekistonda rasmiy inflyatsiya 9,8% ni tashkil etdi. Oziq-ovqat mahsulotlari narxining o'sishi faqat 2,4% bo'lib, uning katta qismi dekabr oyiga to'g'ri keldi.
Oldinroq Spot yozganidek, prezident oziq-ovqat va boshqa tovarlar importiga noldan bojlarni 2025 yil oxirigacha uzaytirdi.