Shanba, 8-fevral kuni elektron soliq xizmatlari tizimida keng ko'lamli nosozlik yuz berdi, deya xabar berdi Soliq qo'mitasi matbuot xizmati.
«Hurmatli soliq to'lovchilari! Elektron soliq xizmatlari tizimidagi texnik nosozliklarni bartaraf etish uchun tezkor choralar ko'rildi. Tez orada ish odatdagi rejimda tiklanadi. Noqulayliklar uchun uzr so'raymiz», — deya ma'lum qildi idora.
Hozirgi vaqtda, 15:25 holatiga ko'ra, Soliq qo'mitasi rasmiy sayti ishga tushdi, ammo Soliq mobil ilovasi hali ham ishlamayapti, tizimga kirish imkoniyati yo'q. Buni Spot jurnalisti shaxsan tasdiqladi.
2024 yilning oxiridan boshlab Soliq qo'mitasi har doim — dam olish kunlari yoki bayramlarda — ma'lumotlar bazasini yangi serverlarga o'tkazish ishlari olib boradi. Bunga bog'liq ravishda bir qator axborot tizimlari va elektron soliq xizmatlarida vaqtincha cheklovlar yuzaga kelishi mumkin.
Bu safar idora texnik ishlar o'tkazilishi haqida oldindan xabardor qilmagan, bu esa foydalanuvchilar soliq tizimlaridan foydalanishda nosozliklarga duch kelishlari mumkin. Keyingi ishlar 21, 22 va 23 mart kunlariga rejalashtirilgan.
Avvalroq Spot 2024 yilda Soliq qo'mitasi iste'molchilarga 1 trillion so'm miqdorida keshbek to'laganini yozgan edi.