28 yanvar kuni Toshkentda Unicorn Battle startap loyihalari bo'yicha tanlov o'tkazildi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

120 dan ortiq jamoa tadbirda ishtirok etish uchun ariza topshirdi. Ulardan 18 ta minimal hayotiy mahsulot (MVP) bilan loyihalar o'z yechimlarini ekspertlardan iborat hakamlar hay'ati oldida taqdim etish imkoniyatiga ega bo'ldi.

Tanlov g'olibi kadrlar boshqaruvi sohasidagi Verifix loyihasi deb e'tirof etildi. Mukofotli o'rinlarni Azma Finance va Tilmoch jamoalari egalladi.

Verifix ish vaqtini hisobga olish, ish kuchi haqidagi ma'lumotlarni to'plash va tezlashtirilgan ishga qabul qilish uchun SaaS modelida yechim taqdim etadi. Loyihaning jamoasi Unicorn Cup tanlovining global bosqichida Silikon vodiysida O'zbekistonni taqdim etadi.

Ikkinchi o'rin Azma Finance - kichik biznes ehtiyojlari uchun avtomatlashtirilgan buxgalteriya platformasiga nasib etdi. Uning funksiyasi soliq hisob-kitoblarini soddalashtirish va moliyaviy hisobotlarni tayyorlashni o'z ichiga oladi.

Uchlikni Tilmoch yakunladi - turkiy tillarga qaratilgan sun'iy intellekt asosidagi onlayn tarjima xizmati, 2024 yil yozida ishga tushirildi. Spot jamoa asoschisi bilan bir yil oldin, 2023 yil iyunida suhbatlashgan edi.

Avvalroq Spot Plug and Play akseleratori to'rtinchi to'lqiniga ro'yxatdan o'tish haqida yozgan edi.