Ijtimoiy tarmoqlarda Prezident Administratsiyasining shtat birligi soni kamida 50 foizga qisqarishi haqida rasmiy tasdiqlanmagan ma'lumot tarqatilmoqda, shuningdek, boshqa davlat tashkilotlarida ham qisqarishlar bo'lishi kutilmoqda.
Shuni ta'kidlash kerakki, shtatni optimallashtirish jarayoni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida, Prezident Administratsiyasidan tortib, pastki idoralargacha doimiy ravishda davom etadigan jarayondir.
Asosiy maqsad - takrorlanuvchi funksiyalarni qisqartirish, davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirish va davlat xizmatchilarining faoliyatini yaxshilash, shuningdek, barcha idoralarda byudjet mablag'laridan oqilona va tejamkor foydalanishni ta'minlashdir.
Ushbu jarayonning hajmi va ko'lami faqat tegishli tadqiqotlar va tahlillar o'tkazilgandan so'ng aniq bo'ladi.
«Shu munosabat bilan, ommaviy axborot vositalari, blogerlar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan ushbu mavzuda ma'lumot tarqatishda faqat rasmiy manbalarga tayanishni iltimos qilamiz», - deyilgan davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov xabarida.