Nurafshon shahridagi tug'ruq kompleksida 6 kilogramm 865 gramm og'irlikdagi bola dunyoga keldi. Bu haqda Toshkent viloyati sog'liqni saqlash boshqarmasi ma'lumot berdi.
Yosh bolaning holati qoniqarli deb baholanyapti.
Toshkent viloyati sog'liqni saqlash boshqarmasi o'rinbosari Feruza Rahmatullayeva so'zlariga ko'ra, hozirda ona va bola shifokorlar nazorati ostida.
Ta'kidlanishicha, bunday holat Toshkent viloyatida birinchi marta kuzatilmoqda.