2024 yil 16-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolarini ro‘yxatga olish bo‘yicha Markaziy saylov komissiyasining majlisi o‘tkazildi.
Majlisda ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 14-noyabrdagi №UP-187 farmoniga muvofiq tayinlangan Oliy Majlis Senati a’zolari tasdiqlandi.
Bundan tashqari, 2024 yil 7-12-noyabr kunlari o‘tkazilgan mahalliy Kengashlarning Senat a’zolarini saylash bo‘yicha qo‘shma yig‘ilishlarining protokollari ko‘rib chiqildi va shunga muvofiq Oliy Majlis Senati a’zolarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Xususan, yangi shakllangan Senatning sifat tarkibi quyidagicha:
26,4 foiz senatordan ayollar tashkil etadi;
1 kishi - 30 yoshda, 41,6 foizi - 40 dan 60 yoshgacha, 56,6 foizi - 60 yoshdan katta;
98,3 foizi oliy ma'lumotga ega, 31,6 foizi - ilmiy darajaga ega;
25 foiz senatordan iqtisodchilar, 13,3 foizi - huquqshunoslar, 26,6 foizi - pedagoglar, 13,3 foizi - muhandislar, 5 foizi - tibbiyot sohasining vakillari, 16,8 foizi - madaniyat sohasining vakillari, tadbirkorlar va fermerlar;
Shuningdek, majlisda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 96-moddasiga muvofiq 2024 yil 18-noyabrda Qonunchilik palatasining birinchi majlisi va 2024 yil 19-noyabrda Senatning majlisi Toshkent shahrida o‘tkazilishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati.