Xususan, Buxoro, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida kelasi yilda "bulutli" ma'lumot markazlari ishga tushiriladi. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Inha universitetida startaplarni qo‘llab-quvvatlash uchun sun'iy intellekt laboratoriyalari ochiladi. Davlat organlarining uch ming xodimi, shuningdek, hokimlar va ularning o‘rinbosarlari ushbu sohada malaka oshirishdan o‘tadilar.
Mas'ul shaxslarga sun'iy intellekt asosidagi loyihalar sonini 100 taga, dasturiy mahsulotlar va xizmatlar hajmini esa 50 million dollarga yetkazish vazifasi qo‘yilgan.
Kelayotgan yilda "Uzbektelecom" kompaniyasiga boshqaruv tizimini to‘liq raqamlashtirish, xarajatlarni qisqartirish, ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etish, xalqaro reyting olish vazifasi yuklatilgan.
Rejalarga ko‘ra, kelasi yilda "O‘zbekiston pochtasi" tizimidagi 1600 pochta bo‘limida elektron savdo maydonlaridan tovarlarni berish xizmati joriy etiladi. Tovarlar va pochta jo‘natmalarini qayta ishlash sifatini oshirish maqsadida raqamli saralash markazi ochiladi. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining mablag‘lari jalb qilinadi.
Sanoat uchun muhim asos sifatida "Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida" qabul qilingan yangi tahrirdagi qonun xizmat qiladi. Ushbu qonunga asoslanib, barcha sohalar va mintaqalar kesimida ikki yillik raqamlashtirish dasturi ishlab chiqiladi.
Xususan, kelasi yilda 6 mingta yangi baza stansiyalari qurilishi rejalashtirilmoqda. 30 ming kilometr tolali kabellar tortiladi, bu xizmatlar qamrovini 98 foizgacha oshiradi. Ushbu sohada eksport hajmini 1,2 milliard dollarga yetkazish choralar ko‘riladi.
Ta'limni raqamli texnologiyalar sohasida rivojlantirish va sun'iy intellekt sohasida qonunchilik asoslarini yaratish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.